Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar o'zida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi ko'rsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas.
Aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar o'zida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos bo'lganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini so'roq qilish chog'ida bu holatlarning oshkor etilishiga yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlarini ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
118-modda. Alohida holatlarni bahona qilib ko'rsatuv berishdan bosh tortishga yo'l qo'yilmasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.