Jinoyat-protsessual kodeksi

103-modda. So'roq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi

So'roq qilinuvchining ko'rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma'lumotlarga taalluqli bo'lsa, u so'roq jarayonida o'zidagi yoki ishga qo'shib qo'yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. So'roq qilinuvchiga so'roq qilish jarayonida o'zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o'qib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud so'roq qilinuvchidan so'roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo'shib qo'yishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.