Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zo'rayishi alomatlari bo'lmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi bo'yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va davolanish tayinlanishi mumkin.
Yashash joyi bo'yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo'limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog'liq bo'lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo'limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi ko'proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin bo'lmagan reabilitatsiya choralari ko'rilishini talab etadigan holat bilan bog'liq bo'lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish o'ta ijtimoiy xavfli bo'lgan yoki o'z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yo'l qo'yadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qo'riqlanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko'rsatish bo'limlarida hamda mahkumlarga mo'ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o'z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to'liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
94-modda. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlash
(94-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.