Jinoyat kodeksi

80-modda. Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash

(80-модда Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 27 декабрдаги 357-I-сон Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилди — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1997 й., 2-сон, 56-модда)

Sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlari asosiy va qo'shimcha jazolar o'tab bo'lingan yoki ijro etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan tartibda muddatidan ilgari ozod qilingan yoxud jazo yengilrog'i bilan almashtirilgan bo'lsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrog'i bilan almashtirilgan jazoning amalda o'tab bo'lingan qismidan hisoblanadi. Agar ushbu Kodeksning 44, 46-moddalari asosida hukm bo'yicha tayinlangan jazoni sud boshqa jazo bilan almashtirgan bo'lsa, sudlanganlik muddati jazoning amalda o'tab bo'lingan yoki ijro etilgan qismidan hisoblanadi. Agar jazoni o'tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o'tishi to'xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qo'shimcha) jazoni amalda o'tab bo'lganidan boshlab hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.