Jinoyat kodeksi

74¹-modda. Jazoni o'tash muddatini shaxs tuzalish yo'liga o'tganligi munosabati bilan qisqartirish

(74¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1114-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2026 й., 03/26/1114/0047-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 17 апрель)

Ushbu Kodeks 73-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o'tash davrida mahkumlarda to'g'ri ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro'yxatidagi kitoblarni o'qiganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, unga nisbatan tayinlangan jazoni o'tash muddati qisqartirilishi mumkin. Bunda jazoni o'tash muddati har bir o'qilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda ko'pi bilan o'ttiz kungacha qisqartirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.