Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo'lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a'zosi bo'lgan shaxs, agar u aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilgan, chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo'lsa, basharti u og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo'lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko'rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn71-modda. Aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
(71-модда Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 27 декабрдаги ЎРҚ-277-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 52-сон, 509-модда)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Agar jinoyat sodir etgan kishi chin ko'ngildan pashaymon bo'lsa va sud oldida aybini tan olsa, zararni qoplasa, yoki jinoyatni ochishga yordam bersa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. Bu qonun odamlarni o'z xatolarini tuzatishga va jinoyatni yashirishdan voz kechishga rag'batlantiradi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida jinoyat sodir etgan har qanday shaxsga, shuningdek guruh va uyushma a'zolariga tegishli.
**Amalda**
Yosh o'g'il do'stining bilan avtomobil o'g'irlamoqchi bo'ldi. Keyin pashaymon bo'lib, politsiyaga borib aybini tan oldi, avtomobilni qaytarish joyini aytdi va zararni to'ladi. Sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.