Jinoyat kodeksi

62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog'i vaqtini hisobga olish qoidalari

(62-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Sud jazo tayinlash chog'ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog'ining har bir kunini: a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo'natishning, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga; b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo'yicha cheklashning uch kuniga; v) majburiy jamoat ishlarining to'rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog'ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog'ida saqlashning bir kunini bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.