Jinoyat kodeksi

56-modda. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar

(56-модда биринчи қисмининг «о» банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og'irlashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan; d) o'ta shafqatsizlik bilan; ye) ko'pchilik uchun xavfli bo'lgan usulda; j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsdan foydalangan holda; z) jinoyat natijasida og'ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; k) g'arazli yoki boshqacha past niyatlarda; l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi; o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga ta'sir qiluvchi boshqa moddalar ta'siri ostida jinoyat sodir etish. Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e'tiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni og'irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin. Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og'irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas. Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo'lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Jinoyat sodir etishda jazoni og'irlashtiruvchi holatlar — bu jinoyatning ahamiyatini oshiradigan, chuqurroq qiluvchi va shuning uchun qattiq jazo tayinlanishiga sabab bo'ladigan alohida sharoitlar. Masalan, homilador ayolga nisbatan, yosh bolaga nisbatan yoki guruh bilan sodir etilgan jinoyat oddiy jinoyatdan ko'ra og'irroq deb hisoblanadi. **Kimga tegishli** Bu qoidalar sud tomonidan jazo tayinlashda qo'llaniladi. **Amalda** Agar biror kishi o'z xizmati munosabati bilan (polis, o'qituvchi) yosh bolaga nisbatan jinoyat sodir etsa, sud bu holatni og'irlashtiruvchi deb topib, jazo qattiqroq tayinlaydi. Yoki agar guruh bilan oldindan til biriktirgan holda jinoyat sodir etilsa, jazo ham og'irroq bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.