Jinoyat kodeksi

51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish

(51-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-99-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 248-модда)

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo'lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo'yishdan iboratdir. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o'n sakkiz yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.