Jinoyat kodeksi

46-modda. Axloq tuzatish ishlari

(46-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o'n foizidan o'ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo'lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o'z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o'taladi. Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llanilmaydi. Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami o'ttiz kundan ko'prog'ini o'tashdan uzrli sabablarsiz bo'yin tovlasa yoki O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketsa, sud axloq tuzatish ishlarining o'talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o'tashdan bo'yin tovlangan vaqt jazoning o'talgan muddatiga qo'shib hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.