Jarima aybdordan davlat daromadiga ushbu Kodeksda belgilangan miqdorda pul undirishdir.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi.
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to'lashdan bo'yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni bo'lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to'lanmagan yoki jarimani bo'lib-bo'lib to'lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to'lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo'yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to'rt yuz sakson soatdan ko'p bo'lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo'yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o'n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
44-modda. Jarima
(44-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.