Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o'z hokimiyat yoki xizmat mavqeini suiiste'mol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
uch yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazib;
b) g'arazgo'ylik niyatlarida sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) odam o'lishiga;
b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
301-modda. Hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi
(301-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.