Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o'tkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o'n kecha-kunduzdan ko'p bo'lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo'lmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bo'lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo'yicha o'tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o'n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko'p bo'lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi —
ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, muddatidan qat'i nazar, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketish
(287-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Harbiy xizmatchining o'z xizmati joyini ruxsatsiz tashlab ketishi yoki belgilangan vaqtda qaytib kelmasligi jinoyatdir. Bu harbiy intizom va xavfsizlikka zarar yetkazadi. Xizmatga qaytish vaqti qancha bo'lganiga va kimning qilganiga qarab, jazo turli bo'ladi.
Kimga tegishli
Bu jinoyat muddatli harbiy xizmatchilarga, ofitserlar tarkibidagi shaxslarga va shartnoma bo'yicha xizmatchilarga tegishli.
Amalda
Harbiy xizmatchisi ruxsatsiz 5 kun tashlab ketdi. Agar bu birinchi marta bo'lsa va intizomiy jazo olgan bo'lsa, u bir yilgacha intizomiy qismga yuboriladi. Agar u ofitser bo'lib, 15 kun tashlab ketgan bo'lsa, jazo ikki yilgacha xizmat cheklashi yoki uch yilgacha qamoq bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.