Jinoyat kodeksi

283-modda. Badanga shikast yetkazish

(283-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги 254-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 165-модда)

Boshliqni do'pposlash, uning badaniga yengil yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan o'z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo'lsa, — uch yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Badanga og'ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, — yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.