Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, ya'ni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda o'zgartirish, unga shikast yetkazish, uni o'chirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolg'on axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn278⁴-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
(278⁴-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Kompyuter tizimida saqlanayotgan ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda o'zgartirish, buzish yoki o'chirish. Shuningdek, bilgan holda noto'g'ri ma'lumot kiritish ham bu jinoyatga kiradi. Agar bu harakatlar odamlarning huquqlariga yoki davlatga katta zarar yetkazsa, javobgarlikka tortiladi.
Kimga tegishli
Bu modda har qanday shaxs tomonidan kompyuter ma'lumotlarini qonunga xilof ravishda o'zgartirganda qo'llaniladi.
Amalda
Agar biror kishi bank tizimiga kirib hisob raqamidagi pul miqdorini o'zgartirib, o'ziga pul o'tkazsa, bu jinoyat hisoblanadi va 2 yilgacha qamoqqa olinishi mumkin. Agar buni bir necha kishi birgalikda qilsa, jazo kuchaytirilib 3 yilgacha bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.