Jinoyat kodeksi

266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish

(266-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish odam o'lishiga sabab bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odamlar o'limiga; b) halokatga; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.