Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo'naltirish orqali xalaqit berish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, shuningdek badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat odam o'lishiga sabab bo'lsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat:
a) odamlar o'limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
263¹-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo'naltirish orqali xalaqit berish
(263¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.