Transport vositalariga gaz balloni uskunalarini o'rnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi uchun mas'ul shaxs tomonidan siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizlik qoidalarini buzish yoxud gaz balloni uskunasi o'rnatilgan transport vositalariga yoqilg'i quyish talablarini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) odam o'limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
262¹-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish
(262¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.