Jinoyat kodeksi

260-modda. Temir yo'l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish

(260-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Transport vositasining harakat yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarining temir yo'l, dengiz, daryo yoki havo transportini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish odam o'lishiga sabab bo'lsa, — sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odamlar o'limiga; b) halokatga; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.