Jinoyat kodeksi

255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish

(255-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Yadro energiyasi bilan bog'liq ob'yektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odam o'lishiga; b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.