Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik, o'g'rilik, o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablag'-vositalarni, resurslarni berish yoxud yig'ish, boshqa xizmatlar ko'rsatish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab;
b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) tamagirlik yo'li bilan;
g) bosqinchilik yo'li bilan;
d) ushbu Kodeksning 155 va 161-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
(252-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Radioaktiv materiallarni (uran, plutoniy va boshqalar) qonunga xilof ravishda o'z qo'liga olish jinoyat hisoblanadi. Bu o'g'rilik, talonchilik, aldash yoki boshqa usullar orqali bo'lishi mumkin. Shuningdek, bunday materiallarni qonunga xilof ravishda egallashga pul yoki resurslar berish ham jinoyat.
Kimga tegishli
Bu qonun barcha shaxslarni, shuningdek mansabdor va uyushgan guruhlarni qamrab oladi.
Amalda
Agar biror kishi radioaktiv materiallarni o'g'irlash yoki sotib olish uchun pul bersa, yoki bir guruh insonlar birgalikda bunday materiallarni qonunga xilof ravishda egallasa, ular 2 yildan 20 yilgacha qamoqqa olunishi mumkin. Jazo qanchalik og'ir bo'lishi materialning xavfliligiga va jinoyatning sharoitlariga bog'liq.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.