Jinoyat kodeksi

244⁴-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish

(244⁴-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 мартдаги ЎРҚ-921-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.03.2024 й., 03/24/921/0219-сон — 2024 йил 17 июндан кучга киради)

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalanib; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa; g) badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar odam o'lishiga sabab bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) odamlar o'limiga; b) halokatga; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o'z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.