Jinoyat kodeksi

235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash

(235-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 4 апрелдаги ЎРҚ-470-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.04.2018 й., 03/18/470/1005-сон)

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash, ya'ni ma'muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko'rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o'zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo'rqitish, urish, do'pposlash, qiynash, azob berish yo'li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o'tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o'tkazish, — muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlikni qo'llagan holda yoxud shunday zo'rlikni qo'llash tahdidi bilan; b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo'yicha; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) takroran; d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; ye) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; j) hayotga va sog'liqqa zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ashyolar qo'llanilib; z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og'ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.