Jinoyat kodeksi

233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish

(233-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya'ni band solingan yoxud garovga qo'yilgan mulkni ishonib topshirib qo'yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda o'zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablag'lari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.