Sug'oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo'lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o'zga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) yerlarga ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) yerlarga juda ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa;
b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xo'jaligi oborotiga kiritilishini ta'minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
229⁶-modda. Sug'oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo'lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o'zga shaxsga berish
(229⁶-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.