Jinoyat kodeksi

229¹-modda. Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish

(229¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-997-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.11.2024 й., 03/24/997/0923-сон)

Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo'lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Sug'oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o'zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda ta'minlasa hamda o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.