Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tayotgan shaxsning mahkumlarni terror qilish yoki ma'muriyat vakillariga hujum qilishda, shuningdek, bunday maqsadlarda jinoiy guruhlar tashkil qilish yoki shunday guruhlar faoliyatida faol qatnashishda ifodalanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) o'ta xavfli retsidivist;
b) og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
220-modda. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.