Nolegal diniy faoliyat bilan shug'ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar a'zolari tomonidan bolalar va o'smirlarning maxsus yig'ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo'lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to'garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o'tkazish, shunday qilmishlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa,—
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa,—
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
216²-modda. Diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(216²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.