Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) ancha miqdorda;
b) tamagirlik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko'p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi
(214-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.