Pora berish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o'ttiz sutka mobaynida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
211-modda. Pora berish
(211-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.