Jinoyat kodeksi

198-modda. Ekinzorlarni, o'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish

(198-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo'lish natijasida ekinzorlarni, o'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ekinzorlarni, o'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning o'rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.