Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o'tkazish, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ko'p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiiste'mol qilish yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
yetti yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish yo'li bilan homiylik qilish, —
yetti yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs o'z ixtiyori bilan aybini bo'yniga olish to'g'risida hokimiyat organlariga arz qilsa va O'zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
186¹-modda. Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni iste'mol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish
(186¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1098-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1098/1103-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.