Jinoyat kodeksi

165-modda. Tovlamachilik

(165-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 19 январдаги ЎРҚ-899-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.01.2024 й., 03/24/899/0048-сон — 2024 йил 20 апрелдан кучга киради)

Tovlamachilik, ya'ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo'q qilish, o'zgartirish, egallab olish yoki to'sib qo'yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'zining mulkini yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tovlamachilik: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) ko'p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tovlamachilik: a) juda ko'p miqdorda; b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

TOVLAMACHILIK (165-modda) Nimani anglatadi Tovlamachilik — bu kimdir zo'r-ziyoddan foydalanib, uning mulkini yoki pulini berishga majbur qilish. Bunga shikast, tahdid, sirni oshkor qilish yoki uydirma tarqatish orqali qo'rqitib oladigan harakat kiradi. Maqsad — boshqasining mulkini yoki puli-boyligini o'ziga olish. Kimga tegishli Bu jinoyat har qanday shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin, lekin jazolanish darajasi jinoyatning og'irligi va foydalanuvchining xususiyatiga bog'liq. Amalda Ota o'g'lini tahdid qilib, "Menga 10 million so'm ber, aks holda seni politsiyaga beraman" deb qo'rqitadi. Bu tovlamachilik hisoblanadi va uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar bir necha kishi birgalikda yoki takroran qilsa, jazo o'n yilgacha ko'payadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.