Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi ma'lumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yo'qotilishi, basharti, bu yo'qotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada bo'lish qoidalarini buzish natijasida ro'y bergan bo'lsa, —
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo'qotish
(163-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 10 августдаги ЎРҚ-389-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 32-сон, 425-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.