Jinoyat kodeksi

155³-modda. Terrorizmni moliyalashtirish

(155³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)

Terrorizmni moliyalashtirish, ya'ni terrorchilik tashkilotining mavjud bo'lishini, faoliyat ko'rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O'zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta'minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko'maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag'-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig'ishga, boshqa xizmatlar ko'rsatishga qaratilgan faoliyat — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) mansabdor shaxs tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o'z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og'ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko'maklashgan bo'lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo'lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.