Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo'rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo'rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug'diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi —
sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta'sir ko'rsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to'sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) odam o'lishiga;
b) boshqa og'ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o'z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og'ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko'maklashgan bo'lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo'lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
155-modda. Terrorizm
(155-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.