Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o'tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlarning yoki saylov komissiyalarining yoxud referendum o'tkazuvchi komissiyalarning a'zolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov (ovoz berish) byulletenlariga yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni bila turib noto'g'ri sanash —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o'tkazish to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(146-модданинг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 4 сентябрдаги ЎРҚ-953-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.09.2024 й., 03/24/953/0683-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.