Jinoyat kodeksi

123-modda. Ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash

(123-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.01.2018 й., 03/18/459/0536-сон)

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo'lgan ota-onani yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlashi, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo'lgan mablag'ni jami bo'lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to'lamasligi, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs aliment majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikni to'liq to'lagan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.