Jinoyat kodeksi

119-modda. Jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish

(119-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Zo'rlik ishlatib, qo'rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) o'ldirish bilan qo'rqitib; d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan; b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsga nisbatan; v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o'qitish va (yoki) unga g'amxo'rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta'lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan; d) o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa; ye) og'ir oqibatlarga olib kelgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, — o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Bu modda zo'rlik, qo'rqitish yoki ojizlikdan foydalanib, kimnidir jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish jinoyatini belgilaydi. Bunga oral, anal yoki boshqa g'ayritabiiy jinsiy aloqalar kiradi. Qurbonning roziligi yo'q holda sodir etilgan bunday harakatlar qattiq jinoyat hisoblanadi. Kimga tegishli Bu qonun barcha fuqarolarni himoya qiladi, ayniqsa bolalar va zaif shaxslarni. Amalda Ota-ona bolasiga zo'rlik bilan jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirsa, bu eng og'ir jinoyat bo'lib, 15-20 yil qamoqqa olinadi. Agar kattalar o'rtasida bo'lsa, 5-8 yil jazosi bor. Agar bir necha kishi birgalikda qilsa yoki o'ldirish bilan qo'rqitsa, jazosi oshadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.