Jinoyat kodeksi

105-modda. Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish

(105-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo'lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog'liqning uzoq vaqt, ya'ni kamida yigirma bir kun, ammo to'rt oydan ko'p bo'lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o'n foizidan o'ttiz uch foizigacha yo'qolishiga sabab bo'lgan qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish ushbu Kodeksning 126¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa — uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; v) o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; g) o'ta shafqatsizlik bilan; d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; ye) tamagirlik niyatida; j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; z) diniy taassublar zamirida; i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini ko'zlab; k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan qasddan badanga og'ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan qasddan odam o'ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan; l) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.