Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq haq to'lanadi.
Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga to'lanadigan oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan kam bo'lishi mumkin emas.
Barcha chegirmalardan qat'i nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvarag'iga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvarag'iga esa, kamida ellik foizi o'tkazib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn92-modda. Mahkumlar mehnatiga haq to'lash
(92-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.