O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi;
ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan ta'minlash choralarini ko'radi;
ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilishni moliyaviy ta'minlaydi;
korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi;
korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi.
Mahkumlarni ish bilan ta'minlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish o'rinlarini tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn89-modda. Mahkumlarni ish bilan ta'minlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.