Jinoyat-ijroiya kodeksi

65-modda. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni o'tashning belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori to'g'risida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa texnikaviy vositalaridan foydalaniladi. Muassasa ma'muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qo'llanilayotganligidan xabardor etishi shart. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari ro'yxati, ulardan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.