Jinoyat-ijroiya kodeksi

58-modda. Mahkumlarni ajratilgan holda saqlash

(58-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-99-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 248-модда)

Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini o'tagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi: o'ta xavfli retsidivistlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar; mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar; sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar; turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.