Jinoyat-ijroiya kodeksi

53-modda. Mahkumlarni tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirish

(53-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 12 декабрдаги 568–II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 18-модда)

Qasddan sodir etilgan og'ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo'lgan taqdirda, muassasa boshlig'ining qaroriga binoan xo'jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin. Xo'jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qo'yilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda o'taydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati bo'lmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv o'rniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xo'jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.