Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi.
Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo'jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi.
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo'linadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo'ljallangan.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo'ljallangan.
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo'ljallangan.
lex.uz’dagi asl matn45-modda. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
(45-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 28 августдаги ЎРҚ-558-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.08.2019 й., 03/19/558/3662-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.