Jinoyat-ijroiya kodeksi

44³-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tash tartibi

(44³-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek o'zining jazoni o'tashi bilan bog'liq masalalar bo'yicha og'zaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv bo'yicha probatsiya bo'linmasiga kelishi shart. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qo'llanilishi mumkin. Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma'muriy hudud doirasida joylashgan ma'lum joylarga borishga yoxud tegishli ma'muriy hudud doirasidan chiqish uchun ruxsatnoma, shuningdek yashash joyini o'zgartirish uchun ruxsatnoma probatsiya bo'linmasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatidan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi. Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruxsatnomaga, mahkumning tegishli ma'muriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruxsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini o'zgartirishi uchun ruxsatnomaga prokuror tomonidan sanktsiya beriladi. Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni o'tash davrida o'zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgani, tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan, yetkazgan moddiy va ma'naviy zararining o'rnini qoplagan bo'lsa, probatsiya bo'linmasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) to'liq yoki qisman bekor qilish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.