Jinoyat-ijroiya kodeksi

28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari

(28-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyati quyidagilarga majbur: mahkumning ish haqidan to'g'ri va o'z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga o'tkazilishini ta'minlash; mahkumga nisbatan qo'llanilgan rag'batlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni o'tashdan bo'yin tovlayotgani, boshqa ishga o'tkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya bo'linmasini xabardor etish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.