Jinoyat-ijroiya kodeksi

25²-modda. Probatsiya bo'linmasining majburiyatlari

(25²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Probatsiya bo'linmasi: mahkumlarning hisobini yuritishi; mahkumlarga jazoni o'tash tartibi va shartlarini tushuntirishi; mahkum tomonidan jazoni o'tash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o'taydigan joyda (ob'yektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi; mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari o'taladigan joylar (ob'yektlar) bo'yicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi to'g'risidagi ma'lumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.