Jinoyat-ijroiya kodeksi

22-modda. Probatsiya bo'linmasining majburiyatlari

(22-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Ichki ishlar organlarining probatsiya bo'linmasi: muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro'yxatga oladi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish to'g'risida xabarnoma yuboradi; mahkumning hukmda ko'rsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi. Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda probatsiya bo'linmasi hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo'limiga yoki mahkum xizmatni o'tayotgan joyga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.